locale OZ

«Tun» oʻz tarixida ilk bor Shveysariya chempionligini qoʻlga kiritdi

Jamoa oʻtgan mavsum ikkinchi divizionda gʻolib chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tun» oʻz tarixida ilk bor Shveysariya chempionligini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Tun» klubi o‘z tarixida ilk bor Shvetsariya chempionligini qo‘lga kiritdi va bu g‘alabani muddatidan avval rasmiylashtirdi. E’tiborli jihati shundaki, jamoa o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Shvetsariya futbol tizimidagi ikkinchi divizion — Chellendj-ligada g‘olib chiqqan edi. Shu tariqa, «Tun» yuqori divizionga qaytgan debyut mavsumidayoq bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Superliganing 35-turida «Tun» o‘z maydonida «Bazel»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq jamoaning eng yaqin ta’qibchisi — «Sankt-Gallen» ham bu turda «Sion»dan javobsiz uchta gol qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi. Natijada ochkolar orasidagi farq saqlanib qoldi.

Hozirda Shvetsariya chempionati yakunlanishiga uch tur qolgan bir vaziyatda «Tun» 74 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Sankt-Gallen» hisobida esa 63 ochko bor. 11 ochkolik farq «Tun»ni muddatidan oldin chempion sifatida e’tirof etish uchun yetarli bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting