Tuhel: «G'alabalarga chanqoqmiz»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel 2026 yilgi jahon chempionati Evropa saralashi guruh bosqichining 8-turida Latviya ustidan qozonilgan g'alaba (5:0) haqida fikr bildirdi.
"Biz o'yinlarda ustunlik qilamiz, g'alabaga chanqoqmiz, to'pga qattiq bosim o'tkazamiz va ko'pincha raqib yarimida to'pga egalik qilishda g'alaba qozonamiz. So'nggi golimizga e'tibor bering: Harri Keyn jamoa doshining xatosidan so'ng ortga qaytib, maydon markaziga qadar yetib keladi, to'pni raqibdan olib qo'yishga yordam beradi va Eze gol urish uchun uni uzatadi", - deya Tuhelninig so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi K guruhida 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va muddatidan avval JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.