Tuhel 16 yoshli Doumanni Angliya terma jamoasiga chaqirishi mumkin
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel «Arsenal»ning 16 yoshli vingeri Maks Doumanni milliy jamoaga chaqirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bunday g‘oya Tuhelda Millatlar ligasidagi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar oldidan bir qator futbolchilar terma jamoa yig‘inida ishtirok etishdan bosh tortganidan keyin paydo bo‘lgan.
Jumladan, Deklan Rays, Koul Palmer, Markus Reshford, Kobbi Maynu va Tino Livramento yig‘inda ishtirok etmaydi.
Maks Douman hozirda Angliyaning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan. Shunga qaramay, yosh futbolchi asosiy terma jamoadan chaqiruv olishga umid qilmoqda.
Biroq Tuhel hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan. Angliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 26 sentyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.