Tudor: «O‘ylashimcha, biz ko‘prog‘iga loyiq edik»
"Yuventus" ustozi "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” bosh murabbiyi Igor Tudor Chempionlar Ligasi doirasidagi “Real”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Natija og‘riqli bo‘ldi. Biz rejalashtirgan ishlarni amalga oshirdik, jamoa o‘ziga kelib oldi, deb o‘ylayman. Odatda “Santiago Bernabeu”da madridlklarga qarshi o‘ynash juda qiyin.
Natija muhim, ammo biz bu vaziyatdan chiqib keta olardik.
Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Jamoam uchun yaxshi sinov bo‘ldi. O‘ylashimcha, biz ko‘prog‘iga loyiq edik.
Garchi yutqazgan bo‘lsak-da, harakatlarimizni tahlil qilsak, bu mag‘lubiyat kelajak uchun ijobiy hissiyot qoldirishi mumkin», — dedi Tudor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist