TSSKA Abbosbek Fayzullaevni 12 million yevroga baholadi
TSSKA Abbosbek Fayzullaevni 12 million yevroga baholadi
Moskva TSSKAsi o'zbekistonlik hujumchi Abbosbek Fayzullaev uchun transfer narxini belgiladi. Bu haqda rossiyalik insayder Ivan Karpov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, TSSKA yozda jamoaning bir necha pozitsiyasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda va bunda asosiy futbolchilardan biri bilan xayrlashishga tayyor. Klub Fayzullaevga bo'lgan qiziqishdan xabardor va uni 12 million yevroga kam sotish niyatida emas.
21 yoshli futbolchining TSSKA bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u 32 o'yinda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Fayzullaevning bozor qiymati 8 million yevroga teng.
Bakradze Iman
Redaktor