Tsarukyan UFC yengil vaznida 2019 yildan beri eng ko‘p g‘alaba qozonganlar qatoriga kirdi
UFC yengil vazn toifasida (70 kg gacha) birinchi raqamli jangchi hisoblangan rossiyalik Arman Tsarukyan 2019 yildan buyon eng ko‘p g‘alaba qayd etgan jangchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Uning hisobida 10 ta g‘alaba bor — xuddi shuncha natija tashkilot chempioni Islam Maxachevda ham mavjud.
Ro‘yxatning yetakchisi esa braziliyalik Charlz Oliveyra bo‘lib, u shu davr ichida 11 ta jangda zafar quchgan. Ushbu statistika UFC’ning Qatarda o‘tgan turniridan so‘ng e’lon qilindi. Mazkur musobaqada Tsarukyan Den Huker ustidan muddatidan avval g‘alaba qozongan edi.
Hozirda Tsarukyan UFC yengil vazn bo‘yicha rasmiy reytingda birinchi o‘rinda turibdi va chempionlik jangiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Rossiyalik jangchi so‘nggi besh jangda ketma-ket g‘alaba qozongan. Bu seriyada Beneil Dariush va Charlz Oliveira ustidan erishilgan zafarlar ham bor.