Trubin: «Ba’zida futbol siz rejalashtirganingizdan ham koʻprogʻiga imkon beradi»
«Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin Chempionlar Ligasining umumiy bosqich 8-turidan o‘rin olgan «Real»ga (4:2) qarshi bahsdagi tarixiy golidan so‘ng hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ukrainalik posbon o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday deb yozdi:
«Mening Chempionlar Ligasidagi debyutim aynan «Real»ga qarshi o‘yin bilan boshlangandi. Mana, besh yil o‘tib yana o‘sha «Real», ammo endi «Benfika» bilan. Maydondagi his-tuyg‘ular esa butunlay boshqacha. Ba’zida futbol siz rejalashtirganingizdan ham ko‘prog‘iga imkon beradi. Hatto gol urishga ham. Bugun biz bilan bo‘lgan va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat».
Qayd etish joizki, Trubin yevrokuboklar tarixida gol urgan ilk darvozabonga aylandi va o‘z ismini tarix zarvaraqlariga muhrladi.
Ushbu uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Madridning «Real» klubi 8 o‘yinda 15 ochko to‘plagan holda kutilmaganda turnirning 1/8 finaliga chiqa olmadi. «Benfika» esa 9 ochko bilan pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.