Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin
ФОТО: Getty images
“Arsenal” vingeri Leandro Trossard tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Fanatik xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli belgiya futbolchisi “Beshiktosh”ga o‘tish arafasida. U ushbu klub bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib oldi. Hozirda “Beshiktosh” va “Arsenal” muzokaralarni davom ettirmoqda.
Kelib chiqayotgan kelishuv qiymati 22 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Turkiyada transfer oynasi 12 sentabr kuni yopiladi.
Joriy mavsumda Trossard Angliya Premer-ligasida atigi bitta o‘yinda maydonga tushdi. U “Arsenal”ga 2023 yil qishida “Brayton” klubidan kelib qo‘shilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist