locale OZ

Trossard “Beshiktosh”ga o‘tishga yaqin - The Athletic

Bitim umumiy 20 mln yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trossard “Beshiktosh”ga o‘tishga yaqin - The Athletic
Foto: Getty Images

“Arsenal” vingeri Leandro Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, “Beshiktosh” London klubi bilan 31 yoshli belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Bitim umumiy 20 mln yevroga baholanmoqda. Shundan 18 mln yevro asosiy transfer summasi, yana 2 mln yevro esa bonus va qo‘shimcha to‘lovlar sifatida ko‘zda tutilgan.

Hozircha futbolchining shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Trossardning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u Mikel Arteta jamoasi safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.

Ayni vaqtda Trossard Belgiya terma jamoasi safida JCh-2026da ishtirok etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting