Trossard «Beşhiktosh»ga o‘tish arafasida
Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Leandro Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Beşhiktosh» va «Arsenal» 30 yoshli belgiya futbolchisi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.
Endi yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi. «Beşhiktosh» Trossardga uch yillik shartnoma hamda yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan taklifni bergan.
Leandro Trossard 2023 yilning qishida «Brayton»dan 24 million yevro evaziga «Arsenal» safiga qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist