Trossard «Arsenal»ni tark etishi mumkin
«Arsenal» vingeri Leandro Trossard yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining London klubidagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Manbada aytilishicha, u «Arsenal»ning keyingi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagan.
Trossardga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, futbolchining vaziyatini «Nyukasl», «Aston Villa», «Inter» va «Yuventus» ham kuzatib bormoqda.
Belgiya futbolchisi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Leandro Trossardning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 18 million yevroga baholamoqda.