locale OZ

\"Trento\"ning 18 yoshli futbolchisi Marokashda YTH oqibatida vafot etdi

Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Trento"ning 18 yoshli futbolchisi Marokashda YTH oqibatida vafot etdi
Foto: Getty Images

Italiyaning "Trento" klubi yoshlar jamoasi futbolchisi Sami Said Marokashda yuz bergan yo'l-transport hodisasi oqibatida 18 yoshida vafot etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, fojia futbolchi ta'til vaqtida Marokashda bo'lganida sodir bo'lgan. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmadi.

"Trento" klubi rasmiy bayonot orqali Sami Saidning vafoti munosabati bilan chuqur qayg'uda ekanini bildirib, uning oila a'zolari, yaqinlari va jamoadoshlariga samimiy hamdardlik izhor qildi.

Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting