locale OZ

Trent Aleksandr-Arnold: “Men “Liverpul”dan abadiy minnatdorman”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trent Aleksandr-Arnold: “Men “Liverpul”dan abadiy minnatdorman”
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi himoyachisiga aylangan Trent Aleksandr-Arnold “Liverpul”dagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

“Men “Liverpul”dan abadiy minnatdorman va har doim ushbu klubdan qarzdor bo'lib qolaman. Men u yerda 20 yil o'tkazdim va uning har bir daqiqasidan zavq oldim. Men shunchaki boshqa jamoaga o'tish vaqti kelganini bilardim”, - deydi Aleksandr-Arnold.

Eslatib o'tamiz, “Real” bugun, 12-iyun kuni Trent Aleksandr-Arnoldning taqdimot marosimini o'tkazdi. 26 yoshli futbolchi madridliklar safida 12-raqamda harakat qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting