Trent Aleksandr-Arnold mashgʻulotlarga kechikkani uchun Arbeloa va jamoadoshlaridan uzr soʻradi
«Real Madrid» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoa mashg‘ulotlaridan biriga kechikib kelgani uchun uzr so‘radi. Aynan shu sababli u La Liganing 29-turi doirasidagi «Atletiko»ga (3:2) qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlay olmagan edi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Trent bosh murabbiy Alvoro Arbeloa, jamoa sardori Dani Karvaxal va boshqa jamoadoshlaridan rasman uzr so‘ragan. Vaziyatga yaqin manbalar ingliz futbolchisining bu harakatini «haqiqiy jentlmenlarga xos ish» deb baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinda Trent 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsumda Aleksander-Arnold La Ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ispaniya chempionatining 29 turidan so‘ng «Real» 69 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Atletiko» esa 57 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.