locale OZ

Trent Aleksander-Arnold «Real»ni tark etib, «Liverpul»ga qaytishi mumkin

Angliyalik himoyachi uchun joriy mavsum oʻzi kutganchalik chiqmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trent Aleksander-Arnold «Real»ni tark etib, «Liverpul»ga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Ingliz futbolchisi «qaymoqranglilar» safida o‘zini ko‘rsata olmagach, faoliyatini boshlagan qadrdon klubiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.

Trent 2025 yilning yozida 10 million yevro evaziga Madrid klubi bilan 2031 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan edi. Biroq Ispaniyadagi debyut mavsumi u kutganchalik muvaffaqiyatli kechmadi. Himoyachi joriy mavsumda «Real» safida barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Aleksander-Arnold 2016 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib, jami 9 ta sovrinni, jumladan, Premyer-liga va Chempionlar Ligasi oltin medallarini qo‘lga kiritgan. Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting