locale OZ

Trent Aleksander-Arnold: «Bu holat futbol uchun sharmandalikdir»

«Real» hujumchisi Vinisius bilan bogʻliq holat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trent Aleksander-Arnold: «Bu holat futbol uchun sharmandalikdir»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» bilan o‘yinda yuz bergan irqchilik mojarosi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior raqib hujumchisi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagan edi.

«O‘ylashimcha, sodir bo‘lgan voqea — futbol uchun sharmandalik. Bu holat o‘yinning o‘zini ham, Vinining ajoyib golini ham soyada qoldirdi. Vinisius o‘z faoliyati davomida bunday holatlarga bir necha bor duch kelgan.

Jamoamiz uchun bunday oqshomni barbod qilish — uyatli holat. Buning na futbolda, na jamiyatda o‘rni bor. Bu jirkanchlikdir», — deya Aleksander-Arnoldning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting