locale OZ

Trener va instruktorlar uchun yangi attestatsiya tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekistonda sport mutaxassislariga malaka toifasi berish elektron tizim orqali amalga oshiriladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

2025 yil 7 avgustdagi Hukumat qarori (№500) bilan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlaridagi trener-oʻqituvchi hamda instruktor-metodistlarga malaka toifalarini berish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga koʻra, attestatsiyadan oʻtish uchun davlat xizmati haqi sifatida bir asosiy hisoblash miqdori (AHM) miqdorida toʻlov belgilangan. Jarayon Sport vazirligi boshqaradigan "ERP sport" tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mutaxassislarga ikkinchi, birinchi yoki oliy toifa berish mumkin boʻladi. Barcha bosqichlar muvaffaqiyatli yakunlanib, maʼlumotlar toʻliq shakllantirilganidan soʻng, QR-kodli elektron guvohnoma bir ish kuni ichida rasmiylashtiriladi. Bu haqda trener va instruktorlarga "Elektron hukumat" platformasi orqali SMS-xabar yuboriladi.

Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting