locale OZ

Transfermarkt La Liga futbolchilari qiymatini yangiladi. Yamal — eng qimmat futbolchi

Top-10dan "Real" futbolchilari ko‘p.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Transfermarkt La Liga futbolchilari qiymatini yangiladi. Yamal — eng qimmat futbolchi
ФОТО: Getty images

Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 200 million yevro bilan chempionatning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Keyingi o‘rinlarni “Real” futbolchilari — Jud Bellingem va jamoaning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. Ularning har biri 180 million yevroga baholangan.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi:

  • Lamin Yamal (“Barselona”) — 200 million yevro

  • Jud Bellingem (“Real Madrid”) — 180 million yevro;

  • Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 180 million yevro;

  • Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 150 million yevro;

  • Pedri (“Barselona”) — 140 million yevro;

  • Federiko Valverde (“Real Madrid”) — 130 million yevro;

  • Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) — 100 million yevro;

  • Rafinya (“Barselona”) — 90 million yevro;

  • Pau Kubarsi (“Barselona”) — 80 million yevro;

  • Rodrigo Goes (“Real Madrid”) — 80 million yevro.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting