Transfermarkt dunyoning eng qimmat hujumchilari reytingini eʼlon qildi
Nufuzli Transfermarkt internet-portali bugungi holat bo‘yicha dunyodagi eng qimmat hujumchilar reytingini e’lon qildi.
Manba talqiniga ko‘ra, hozirda futbol olamidagi eng qimmat forvard unvonini bir vaqtning o‘zida uch nafar futbolchi bo‘lishib turibdi: «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand va «Real Madrid» yetakchisi Kilijan Mbappe. Ularning har birining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.
Ta’kidlash joiz, Yamal hozirda 18 yoshda, Holand 25 yosh, Mbappe esa 27 yosh.
Yetakchi uchlikdan keyingi o‘rinni «Real Madrid» futbolchisi Vinisius Junior egallagan — uning transfer bahosi 150 million yevroga teng. Shundan so‘ng 130 million yevro qiymat bilan uch nafar futbolchi joy olgan: Bukayo Saka («Arsenal»), Aleksandr Isak («Liverpul») va Maykl Olise («Bavariya»).