Transfermarkt A Seriyaning eng qimmat 10 futbolchisini e’lon qildi
Transfermarkt Italiya A Seriyasi futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi. Reytingda “Inter” hujumchisi Lautaro Martines 85 million yevrolik baho bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinda “Komo” yarim himoyachisi Niko Pas — 80 million yevro, uchinchi pog‘onada esa “Yuventus” vakili Kenan Yildiz — 75 million yevro bilan joylashdi.
Yangilangan top-10 quyidagicha: Lautaro Martines — 85 mln yevro, Niko Pas — 80 mln, Kenan Yildiz — 75 mln, Alessandro Bastoni — 65 mln, Rasmus Hoylund — 60 mln, Manu Kone — 60 mln, Martin Baturina — 55 mln, Donyell Malen — 55 mln, Franchesko Pio Esposito — 50 mln va Nik Voltemade — 50 mln yevro.
Reytingga uch nafar “Inter” futbolchisi kiritilgan. Shuningdek, “Komo”, “Yuventus” va “Roma”dan ikkitadan, “Napoli”dan esa bir nafar futbolchi top-10dan joy olgan. Manu Kone, Martin Baturina va Donyell Malenning bozor qiymati 10 million yevroga oshgan bo‘lsa, Espositoning bahosi 5 millionga ko‘tarilgan. Voltemadening narxi esa 5 million yevroga pasaygan.
Ma’lumot uchun, Lautaro Martinesning bozor qiymati 85 million yevro bo‘lib, u ayni paytda A Seriyadagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.