Transfer. Bobirjon Asqarov — «Mash’al» futbolchisi
Rasman: Bobirjon Asqarov — «Mash’al» futbolchisi!
"Muborakning «Mash’al» futbol klubi Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa o‘zbekistonlik himoyachi Bobirjon Asqarov bilan shartnomasi imzoladi.
27 yoshli futbolchi 1999 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U asosan markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi, zarurat tug‘ilganda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham samarali o‘ynay oladi. Shuningdek, u O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham to‘p surgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Asqarov «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qilgan. U «Paxtakor» safida O‘zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, «Lokomotiv» bilan Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.
Markaziy himoyadagi tajribasi va g‘oliblik ruhi bilan jamoamizga katta foyda keltirishiga ishonamiz.
Xush kelibsiz, Bobirjon Asqarov!
«Mash’al» safida omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.