locale OZ

Tramp: “Qizil kartochka nima ekanini ham bilmasdim”

AQSH prezidenti Donald Tramp JCh-2026 doirasida Folarin Balogunning qizil kartochkasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ilk bor izoh berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tramp: “Qizil kartochka nima ekanini ham bilmasdim”
Foto: Getty Images

AQSH prezidenti Donald Tramp JCh-2026 doirasida Folarin Balogunning qizil kartochkasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ilk bor izoh berdi.

Trampning aytishicha, u futbol qoidalarini chuqur bilmaydi va dastlab qizil kartochka nimani anglatishini ham tushunmagan. Shunga qaramay, u vaziyat bilan tanishgach, qarorni qayta ko‘rib chiqish masalasida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bog‘langanini tasdiqladi.

“Men qizil kartochka nima ekanini ham bilmasdim. Menga vaziyatni tushuntirishdi va bu juda adolatsiz qaror bo‘lib tuyuldi. Shundan keyin Janni Infantino bilan bog‘landim”, — dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olib, avtomatik ravishda bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Biroq FIFA keyinchalik ushbu jazoni bir yillik sinov muddatiga qoldirdi va futbolchiga Belgiyaga qarshi nimchorak final uchrashuvida maydonga tushishga ruxsat berdi. Mazkur qaror UEFA hamda Belgiya futbol federatsiyasi tomonidan keskin tanqid qilindi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting