Tramp JCh-2026 tashkilotchiligini yuqori baholadi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi Jahon chempionatining tashkil etilishi va o‘tkazilishini yuqori baholadi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan mundial uchrashuvlariga qariyb 7 million nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu esa musobaqa tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
«Bunday miqyosdagi tadbir ilgari hech qachon o‘tkazilmagan. Bu FIFA tarixidagi boshqa har qanday tadbirdan bir necha barobar katta bo‘ldi. Mamlakatimiz bilan faxrlanamiz. Barcha mehnat qilgan insonlarga rahmat aytaman. Janni Infantino va uning jamoasini ajoyib ish bilan tabriklayman. Bu tarixdagi eng buyuk sport tadbirlaridan biri bo‘ldi. Dunyoning turli burchaklaridan odamlar kelib, mamlakatimiz haqida yanada yaxshi taassurot oldi», — dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Ispaniya bo‘ldi. Ispanlar finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi o‘rinni esa Angliya terma jamoasi egalladi.