Tramp: «Eronning Jahon chempionatida ishtirok etishi men uchun mutlaqo ahamiyatsiz»
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. 28 fevral kuni ertalab Isroil Eronga «preventiv zarba» berdi, bir necha soatdan so‘ng esa Tramp yirik harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
«Eronning Jahon chempionatida ishtirok etishi men uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Menimcha, Eron — qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan mamlakat. Ular bor kuchini sarflab yuborgan», — deya Trampning so‘zlarini keltiradi Politico.
Avvalroq, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mexdi Toj AQShning harbiy operatsiyasi fonida jahon birinchiligiga boykot e’lon qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi. Eron terma jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan.