locale OZ

Tramp Balogun masalasida Infantinoga qo‘ng‘iroq qilganini tasdiqladi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Balogunning harakatida qasddan qo‘pollik bo‘lmagan deb hisoblagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tramp Balogun masalasida Infantinoga qo‘ng‘iroq qilganini tasdiqladi
Foto: Getty Images

AQSH prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning qizil kartochkasi yuzasidan qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini tasdiqladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Balogunning harakatida qasddan qo‘pollik bo‘lmagan deb hisoblagan va shu sababli FIFA rahbaridan ushbu vaziyatni qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilgan. Shu bilan birga, u FIFAga bosim o‘tkazmaganini, faqat o‘z fikrini bildirganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgandi. Dastlab futbolchiga bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiya qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik FIFA ushbu jazoni vaqtincha to‘xtatib, unga Belgiyaga qarshi nimchorak final bahsida maydonga tushishga ruxsat berdi. Mazkur qaror futbol jamoatchiligida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting