Trafford yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin
Futbolchi o‘tgan yozda klub safiga kelib qo‘shilgandi.
ФОТО: Getty images
«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford joriy mavsum yakunidan so‘ng klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli posbonning xizmatlariga «Lids» qiziqish bildirmoqda.
Agar “Tovuslar” Premyer-ligada jon saqlab qoladigan bo‘lishsa, Traffordni o‘z safiga qo‘shib olishlari mumkin.
Bu mavsumda Jeyms barcha turnirlarda 10 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi. 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Janluiji Donnarumma kelganidan so‘ng ikkinchi raqamli posbonga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist