locale OZ

Trafford qishda «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor

23 yoshli futbolchi aslida “shaharliklar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trafford qishda «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford jamoadagi holatidan norozi va tez orada klubni tark etishi kutilmoqda.

The Athletic xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi aslida “shaharliklar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik “Burnley”ga o'tib ketgan golkiperni manchesterliklar o'tgan yozda qayta sotib olgan edi.

Biroq klub Gianluigi Donnarummani sotib olganidan so'ng zaxira darvozaboniga aylandi. Hozirda Gvardiola italiyalik kiperni ishonch bilan maydonga tushirmoqda.

Trafford esa qishda jamoasini almashtirishi mumkin. Uning agentlari yangi takliflarni o'rganib chiqmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting