Trafford «Lids Yunayted»ga o‘tish arafasida
Bu haqda jurnalist Ben Jacobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" darvozaboni James Trafford "Lids Yunayted"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "Lids" transferni yakunlash arafasida va futbolchining o‘zi ham ushbu jamoaga o‘tish istagini bildirgan. Tomonlar ayni paytda tez sur’atlarda davom etayotgan muzokaralar doirasida sotib olish bandini ham muhokama qilmoqda.
Shuningdek, "Nyukasl" so‘nggi vaqtlarda Trafford bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazmagan va rasmiy taklif ham bermagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist