locale OZ

«Trabzonspor» Ortegani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Trabzonspor» Ortegani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Trabzonspor” klubi "Manchester City" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyaliklar Stefan Ortega variantini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Stefan Ortega "Manchester City"ning barcha musobaqalardagi 22 ta o‘yinida maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yuborgan va 8 ta o‘yinda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Darvozabonning "Manchester City" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. TransferMarkt Ortegani 8 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting