«Trabzonspor» Onana bo‘yicha bir qarorga keldi
29 yoshli futbolchining yakunda qayerda to‘p surishi hozircha noma’lum.
ФОТО: Getty images
2025/2026 yilgi mavsumni “Trabzonspor”da o‘tkazayotgan “Manchester United” darvozaboni Andre Onananing kelajagi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Manchester Evening News nashrining tasdiqlashicha, Turkiya klubi “Manchester United”ga yozgi transfer oynasida kamerunlik posbon uchun 46 million yevro to‘lashga tayyor emasligini ma’lum qilgan.
29 yoshli futbolchining yakunda qayerda to‘p surishi hozircha noma’lum.
Joriy mavsumda Onana “Trabzonspor” tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist