locale OZ

«Trabzonspor» bosh murabbiyi yordamchisi 56 yoshida vafot etdi

Xabarlarga koʻra, mutaxassisning oʻlimiga yurak xuruji sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Trabzonspor» bosh murabbiyi yordamchisi 56 yoshida vafot etdi
FOTO: Getty Images

«Trabzonspor» klubi murabbiylar shtabida og‘ir judolik yuz berdi. Bosh murabbiy Fotih Tekkening yordamchisi, 56 yoshli Orxan Kaynak hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mutaxassisning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida quyidagi ta’ziyanomuni e’lon qildi:

«Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida klubimizga xizmat qilgan, o‘zining sadoqati, xarakteri va odob-axloqi bilan muxlislarimiz qalbida alohida o‘rin egallagan Orxan Kaynakni yo‘qotganimizdan chuqur qayg‘udamiz.

Orxan Kaynak «Trabzonspor»imiz tarixida abadiy qoladi. U klub rivojiga qo‘shgan hissasi, maydondagi kurashchanligi va qoldirgan merosi bilan doimo yodimizda bo‘ladi.

Uning oilasi, yaqinlari va butun jamoamizga chuqur ta’ziya izhor etamiz».

Orxan Kaynak turk futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxslardan biri edi. Uning bevaqt vafoti butun Turkiya futbol jamoatchiligini larzaga soldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting