«Trabzonspor» Andre Onanani to‘liq sotib olmoqchi
Turkiya tomoni darvozabonga 5 yillik uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Фото: Getty Images
Turkiyaning «Trabzonspor» klubi «Manchester Yunayted»ga tegishli darvozabon Andre Onanani to‘liq transfer qilishdan manfaatdor.
Turkiye ma’lumotiga ko‘ra, klub 30 yoshli kamerunlik darvozabonni «qizil iblislar»dan sotib olishga qaror qilgan. Ayni paytda afrikalik futbolchi «Trabzonspor»da ijara asosida harakat qilmoqda.
«Manchester Yunayted» esa Onananing transferidan taxminan 10 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Turkiya tomoni darvozabonga 5 yillik uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Joriy mavsumda Onana «Trabzonspor» safida 8 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z darvozasidan 10 ta gol o‘tkazib yubordi.