locale OZ

Trabzonda Muhammad Saloh yashaydigan ko‘cha uning sharafiga qayta nomlanadi

Merning aytishicha, tegishli masala shu hafta shahar kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Trabzonda Muhammad Saloh yashaydigan ko‘cha uning sharafiga qayta nomlanadi
Foto: Getty Images

Turkiyaning Trabzon viloyatidagi Yomra tumani hokimiyati “Trabzonspor”ning yangi futbolchisi Muhammad Saloh yashaydigan ko‘chaga uning nomini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yomra meri Mustafa Biyik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Merning aytishicha, tegishli masala shu hafta shahar kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Qaror tasdiqlansa, Salohning uyi joylashgan ko‘cha rasmiy ravishda “Muhammad Saloh ko‘chasi” deb nomlanadi. Biyik bu tashabbus orqali mashhur futbolchining Yomrada yashashini alohida e’tirof etishmoqchi ekanini ta’kidladi.

Mustafa Biyik Salohning “Trabzonspor”ga transferini turk futboli tarixidagi eng yirik va shov-shuvli kelishuvlardan biri sifatida baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yomra aholisi misrlik yulduzning aynan shu hududda istiqomat qilishidan faxrlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh 2026-yil yozida “Liverpul”ni tark etib, erkin agent sifatida “Trabzonspor” safiga qo‘shildi. Misrlik futbolchi turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting