locale OZ

Totti A Seriya chempionligi uchta favoritni sanadi

Hozirda "Inter" 24 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Totti A Seriya chempionligi uchta favoritni sanadi
ФОТО: Getty images

"Roma"ning sobiq futbolchisi Franchesko Totti A Seriya favoritlari haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" 24 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. "Roma" ham xuddi shunday ochkoga ega, faqat to‘plar farqi bo‘yicha ortda qolmoqda.

"Fikrimcha, joriy mavsumda Skudetto uchun uchta favorit bor: "Inter", "Napoli" va "Milan". Men "rossonerilar" haqidagi fikrimni o‘zgartirdim, chunki ular haftada atigi bitta o‘yin o‘tkazadilar – ularda tiklanish va tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt bor va Allegrining ta’siri ham muhim.

Menimcha, bu uch jamoa chempionlik uchun oxirigacha kurashadi", – dedi Totti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting