Totti 48 yoshida professional futbolga qaytish imkoniyatini rad etgan
«Roma»ning sobiq yarim himoyachisi Francesco Totti professional futbolga qaytish imkoniyatini jiddiy koʻrib chiqqanini maʼlum qildi. Italiya futboli afsonasi bu haqda oʻzining «Oltre» nomli yangi avtobiografiyasida yozgan.
«48 yoshimda men “Jenoa” va “Como” klublarining takliflarini rad etdim. Tanam futbolga qaytishga tayyor edi. Ammo oldimda bitta muhim savol bor edi: “Romaga qarshi oʻynashga tayyormanmi?” Ichimdagi javob aniq edi. Shuning uchun takliflarni rad etdim», — deb yozgan Totti.
Francesco Totti butun professional faoliyatini «Roma»da oʻtkazgan. U rimliklar safida 1993-yildan 2017-yilgacha toʻp tepgan.
Totti «Roma» tarkibida jami 785 ta uchrashuvda maydonga tushib, 307 ta gol urgan va 205 ta golli uzatma amalga oshirgan. U klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etiladi.