locale OZ

\"Tottenxem\"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi, \"Gamburg\"da ijara asosida to‘p tepayotgan Luka Vushkovich \"Barselona\"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Vushkovichni kuzatib bormoqda, ammo qishki transfer amalga oshishi dargumon.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Tottenxem"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi, "Gamburg"da ijara asosida to‘p tepayotgan Luka Vushkovich "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
photo: gettyimages

"Tottenxem"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi, "Gamburg"da ijara asosida to‘p tepayotgan Luka Vushkovich "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Vushkovichni kuzatib bormoqda, ammo qishki transfer amalga oshishi dargumon. Agar bitim amalga oshsa, bu 2026 yilning yozida sodir bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Vushkovichning o‘yinlariga nafaqat "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Futbolchini Germaniya, Angliya va Italiya klublari ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Vushkovich barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Himoyachining "Tottenxem" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting