locale OZ

«Tottenxem» Viktor Osimhen uchun taklif bilan chiqdi

27 yoshli hujumchining "Galatasaray" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Tottenxem Viktor Osimhen uchun taklif bilan chiqdi
ФОТО: Getty images

"Tottenxem" klubi "Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimhenni o‘z safiga qo‘shib olish uchun dastlabki taklifini yubordi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, London klubi nigeriyalik forvard uchun taxminan 58–65 million yevro taklif qilgan. Biroq turk grandi bu mablag‘ni yetarli deb hisoblamayapti va futbolchisini kamida 76 million yevro atrofida sotishni rejalashtirmoqda.

Osimhen bilan nafaqat "Tottenxem", balki Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Chelsi", shuningdek Ispaniyaning "Atletiko" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalarning barchasi hujumchining kelajagi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Galatasaray" Viktor Osimhenni 2025 yil yozida Italiya klubi "Napoli"dan 75 million yevro evaziga xarid qilgan edi.

27 yoshli hujumchining "Galatasaray" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting