locale OZ

«Tottenxem» Savinyoning transferini hal qildi — Romano

Tomonlar bitim shartlarini kelishib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tottenxem Savinyoning transferini hal qildi — Romano
ФОТО: Getty images

"Tottenxem" klubi "Manchester Siti" vingeri Savinyo transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Tomonlar bitim shartlarini kelishib olgan va 22 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yo‘l oladi.

Manbaga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 99 million yevroni tashkil qiladi. Barcha zarur jarayonlar yakunlangandan so‘ng futbolchi bilan shartnoma rasmiylashtiriladi.

Shu bilan birga, "Tottenxem"ning "Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi — Omar Marmush bo‘yicha muzokaralari alohida tarzda davom etmoqda.

Savinyo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. U APLda "Siti" safida 53 ta o‘yinda atigi 2 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting