locale OZ

«Tottenxem» pas borasida «Komo» bilan muzokaralarni davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenxem» pas borasida «Komo» bilan muzokaralarni davom ettiradi
Фото: Getty Images

"Tottenxem" Nico Pasni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda, deb xabar beradi jurnalist Gianluca Di Marzio.

Manbaga ko‘ra, London klubi avgust oyi boshida 20 yoshli yarim himoyachi uchun 40 million yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi, biroq "Komo" futbolchini sotishdan bosh tortdi — u 70 mln yevroga baholanmoqda.

"Shporlar" jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan James Maddison o‘rniga Pasni olib kelishni rejalashtirgan. Ular yangi, kattaroq summa taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.

Argentinalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan mavsumida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting