Tottenxem Mitrovichni APLga qaytarmoqchi
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi hujumchisi Aleksandar Mitrovich "Tottenxem" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastyan Vidal xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Al-Hilol" 30 yoshli serbiyalik futbolchini "Tottenxem"ga taxminan 35 million yevro evaziga sotishga tayyor.
Bu transferga futbolchining maoshi to‘siq bo‘lishi mumkin. Serbiyalik forvard “Al-Hilol”da yiliga 25 million yevro atrofida maosh oladi. “Shporlar” bunday maosh taklif qilishga tayyor emas.
O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 28 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Mitrovichning transfer narxi 18 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist