«Tottenxem» Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images
“Tottenxem” “PSJ” hujumchisi Randal Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi.
London klubi fransiyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi.
“Randal — yuqori darajadagi o‘yinchi, u yillar davomida Chempionlar ligasi klublarida o‘z salohiyatini isbotladi, shuningdek, Fransiya terma jamoasi bilan katta tajriba to‘pladi.
Premer-liga va bizning uslubimizga mos sifatlarga ega. U hujumda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, qanotlar orqali ham, markaz orqali ham o‘ynash imkonini beradi”, — deydi klub bosh murabbiyi Tomas Frank.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kolo Muani ijarada “Yuventus”da o‘ynagan edi. A Seriyada u 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist