locale OZ

«Tottenxem» Agexova sotib olmoqchi

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenxem» Agexova sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Londonning “Tottenxem” klubi “Portu”ning ispaniyalik hujumchisi Samuel Agexovuga jiddiy qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchini qishki transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Shporlar" rahbariyati asosiy e'tiborini jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirishga qaratgan va 21 yoshli forvardni salohiyatli futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, London klubi Samuel Agexovani murabbiy Tomas Frankning o'yin uslubiga juda mos keladi, deb hisoblamoqda.

Uning o'yin uslubi va texnik fazilatlari klub tizimidagi hujumkor o'yinchilarga qo'yiladigan talablarga javob beradi.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Futbolchi yana bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati hozirda 50 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting