locale OZ

«Tottenhem»ning APLdagi gʻalabasiz seriyasi 14 ta oʻyinga yetdi

Londonliklar hozirda turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem»ning APLdagi gʻalabasiz seriyasi 14 ta oʻyinga yetdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining 32-turida «Sanderlend»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, «shporlar»ning Angliya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasi 14 ta o‘yinga yetdi.

«Tottenhem»ning ushbu muvaffaqiyatsiz seriyasi 19-turda «Brentford» bilan qayd etilgan durangdan (0:0) boshlangan edi. Shundan so‘ng, jamoa APL doirasida «Sanderlend» (1:1), «Bornmut» (2:3), «Vest Hem» (1:2), «Byornli» (2:2), «Manchester Siti» (2:2), «Manchester Yunayted» (0:2), «Nyukasl» (1:2), «Arsenal» (1:4), «Fulhem» (1:2), «Kristal Pelas» (1:3), «Liverpul» (1:1) va «Nottingem Forest» (0:3) bilan bahslarda ochko yo‘qotdi. Navbatdagi turda esa londonliklar «qora mushuklar» bilan ikkinchi to‘qnashuvda ham mag‘lub bo‘lishdi.

Hozirda «Tottenhem» 30 ochko bilan APL turnir jadvalining 18-pog‘onasidan joy olgan. «Shporlar» navbatdagi turni 18 aprel kuni o‘z maydonlarida «Brayton»ga qarshi o‘tkazishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting