locale OZ

«Tottenhem»ga «Port» hujumchisi kerak

Bitim kelasi yozda amalga oshirilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Tottenhem"ga "Portu" hujumchisi kerak
ФОТО: Getty images

"Portu"ning 21 yoshli hujumchisi Samu Agehova faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Londondagi "Tottenhem" klubi ushbu hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Agehova o‘tgan mavsumda 27 ta gol urgan va "shporlar"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Bitim kelasi yozda amalga oshirilishi mumkin.

Joriy mavsumda Agehova barcha musobaqalarda o‘tkazilgan sakkizta o‘yinda beshta gol urdi. Hujumchining "Portu" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting