locale OZ

\"Tottenhem\" yozda 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Ular orasida Verner ham bor
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Tottenhem" yozda 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images

"Tottenhem" rahbariyati yozda birdaniga besh nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub darvozabonlar Freyzer Forster va Elfi Uaytmen yozda klubni tark etishadi. Oxirgi uch yilda bor-yo‘g‘i 6 ta o‘yin o‘tkazgan Serxio Regilon ham jamoani tark etadi.

Shartnomasi yakunlanayotgan Ben Deyvis bilan ham xayrlashmoqchi. U bilan kelishuv muddati uzaytirilmaydi.

Shuningdek, hujumchi Timo Vernerning ham ijara muddatini uzaytirmaydi, futbolchi "Leyptsig" jamoasiga qaytadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting