locale OZ

«Tottenhem» yaqin vaqt ichida Tomas Frankni isteʼfoga chiqarishi mumkin

Agar «shporlar» Frankni boʻshatishga qaror qilsa, unga kompensatsiya toʻlashi kerak boʻladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» yaqin vaqt ichida Tomas Frankni isteʼfoga chiqarishi mumkin
FOTO: Getty Images

Ba’zi manbalar Londonning «Tottenhem» klubi futbolchilari bosh murabbiy Tomas Frankning yaqin vaqt ichida iste’foga chiqarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Indykaila xabar berdi.

Agar klub Frankni ishdan bo‘shatishga qaror qilsa, unga taxminan 20 million funt (23 million yevro) miqdorida kompensatsiya to‘lanishi mumkin. Tomas Frank 2025 yil 1 iyuldan jamoani boshqarib kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumning 21 turi yakuniga ko‘ra, «Tottenhem» Premer-liga jadvalida 27 ochko bilan 14-o‘rinda turibdi. Jamoa 21 o‘yinda 7 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 6 durang qayd etgan.

Shuningdek, Angliya Kubogining 3-turida «Tottenhem» «Aston Villa»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting