«Tottenhem» «Vulverxempton» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Londonning «Tottenhem» klubi «Vulverxempton» jamoasi hujumchisi, 25 yoshli norvegiyalik Yorgen Strann Larsen nomzodiga qiziqish bildirmoqda. «Bo‘rilar» futbolchini yozda sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, biroq faqat ularni qoniqtiradigan summa evaziga. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Joriy mavsumda Larsen barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
APLning 20-turi doirasida «Vulverxempton» o‘z maydonida «Vest Hem»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu jamoaning joriy mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘lib, 252 kun davom etgan g‘alabasiz seriyaga yakun yasadi. Ayni vaqtda klub 20 o‘yindan so‘ng 6 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.