locale OZ

«Tottenhem» «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshga qiziqish bildirmoqda

Avvalroq futbolchini «MYU» ham kuzatayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshning transferi borasida ish boshlagan. Bu haqda The Athletic nashri insayderi David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi «molotoboylar» xavbekini jamoaga olib kelish g‘oyasining asosiy tashabbuskorlaridan biri bo‘lib turibdi. Avvalroq, ushbu futbolchining harakatlarini boshqa bir qator klublar, xususan, «Manchester Yunayted» ham diqqat bilan kuzatib borayotgani haqida xabarlar berilgan edi.

Ortda qolgan mavsumda Fernandesh «Vest Hem» tarkibida barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachining ayni damdagi bozor bahosi 50 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting