locale OZ

«Tottenhem» van Xekkening transferi boʻyicha «Brayton» bilan kelishuvga erishdi

Kelishuv qiymati 52 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» van Xekkening transferi boʻyicha «Brayton» bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi «Brayton» bilan himoyachi Yan Paul van Xekkening transfer shartlarini kelishib oldi. Bu haqda The Athletic nashri insayderi David Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga koʻra, kelishuv qiymati 52 million funt sterlingga baholanmoqda, unda bonuslar koʻzda tutilmagan.

Yan Paul van Xekke Niderlandiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «chagʻalaylar» safida 2020-yildan buyon toʻp surib kelmoqda. Shuningdek, oʻyinchi faoliyati davomida «NAK Breda», «Xerenven» va «Blekbern Rovers» klublarida ham harakat qilgan.

Umumiy hisobda, ayni vaqtga qadar himoyachi «Brayton» safida 131 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 va golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting