locale OZ

“Tottenhem” va “Hoffenhaym” o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi

Bir kun avval inglizlar yirik hisobda g’alaba qozongandi.
“Tottenhem” va “Hoffenhaym” o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi
FOTO: Getty Images

“Tottenhem” va “Hoffenhaym” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. To‘rt gol urilgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 16-daqiqada Adam Glojek penaltidan ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Ben Devis muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga yaqin Luka Uilyams-Barnett “Tottenhem”ni oldinga olib chiqdi — 2:1.

Ikkinchi bo‘limda “Hoffenhaym” javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 55-daqiqada Valenten Jandre hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi va qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol ura olmadi.

Ma’lumot uchun, bu jamoalarning ketma-ket ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bir kun avval o‘tkazilgan bahsda “Tottenhem” “Hoffenhaym”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting